Fintime Iqtisodiyotga kengroq nazar
Boʻlimlar
Bozorlar

«Gap ommaviy sotuv haqida emas» — AUGA dehqon bozorlari xususiylashtirilishi haqida

AUGA dehqon bozorlari bosqichma-bosqich va manzilli xususiylashtirilishini bildirdi. Toshkentda 35 ta bozor va savdo majmuasi auksionga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

18-noyabr, 16:08По-русски

Read in English

Toshkentda 35 ta bozor va savdo majmuasi auksionga chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev 27 iyulda tasdiqlagan qarorda nazarda tutilgan.

Har bir obyekt boʻyicha qaror uning holati, iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy ahamiyati va istiqbollari oʻrganilgach qabul qilinadi. Sotuvdan oldin aholi, tadbirkorlar va bozorning boshqa ishtirokchilari fikri ham inobatga olinadi. AUGA bozorlar yopilmasligi, boshqa yoʻnalishga oʻtkazilmasligi yoki qurilish bilan band qilinmasligini, ularning asosiy vazifasi saqlab qolinishi bildirdi.

Modernizatsiyadan soʻng u yerda obodonlashtirilgan savdo maydonlari, sanitariya infratuzilmasi, avtoturargohlar, xavfsizlik tizimlari va kommunal qulayliklar yaratish rejalashtirilmoqda. Agentlik «Eko bozor» va Food Cityʼni namuna sifatida keltirdi.

Obyektlar Tashkent Invest tomonidan ishlab chiqilgan tayyor biznes loyihalari asosida sotuvga chiqariladi. Yer va koʻchmas mulk davlat ulushini qisqartirish hisobiga kompaniyaga beriladi. Koʻchmas mulk utilizatsiya qiymatida baholanadi, yer uchun esa yer soligʻi stavkasining eng katta pasaytiruvchi koeffitsiyenti qoʻllanadi. Sotuvdan keyin Tashkent Invest tushumning 1 foizi hamda obyektni savdoga tayyorlash xarajatlari kompensatsiyasini oladi.