Fintime Iqtisodiyotga kengroq nazar
Boʻlimlar
Tahlil

Raqam: 2026 yilda Formula-1 homiyligi qancha turadi

Brendlar bunday investitsiyalar oʻzini oqlashini isbotlashi tobora qiyinlashmoqda

19-noyabr, 10:14По-русски

Read in English

businessinsider.com

Ampere Analysis maʼlumotlariga koʻra, Formula-1 homiyligiga sarflanadigan mablagʻ bir yil ichida 15 foizga oshadi. Chempionatda allaqachon 400 dan ortiq hamkor bor, bitta bitimning oʻrtacha qiymati esa 8,1 mln dollarni tashkil etadi — bu NBA va NFLdagi kelishuvlarning oʻrtacha qiymatidan qariyb toʻrt baravar koʻp.

Yuqori raqobat brendlarga homiylikdan olinadigan samarani baholashni qiyinlashtirmoqda. Sport marketingi boʻyicha maslahatchi Tim Krouning qayd etishicha, chempionatning jahon miqyosidagi katta auditoriyasiga qaramay, tomoshabinlar koʻpincha Formula-1 bilan bogʻliq koʻzga koʻringan marketing faolliklarini eslay olmaydi. AQShda translyatsiyalarning tashqi reytinglar tizimi Nielsenʼga kirmaydigan Apple TV platformasiga oʻtishi reklama qiymatini baholashni yanada murakkablashtirmoqda.

Shu bilan birga, Formula-1 2025 yilda uning global auditoriyasi 827 mln kishiga yetganini maʼlum qildi. Netflix yoshroq va ayol tomoshabinlarni jalb etishga yordam berdi, uzoq davom etadigan xalqaro taqvim esa brendlarga auditoriya bilan yil boʻyi ishlash imkonini beradi. Sohadagi vakillarning fikricha, eng yaxshi natijalarga oʻz texnologiyalarining trassadagi muvaffaqiyatlarga qanday bogʻliqligini koʻrsatadigan kompaniyalar erishadi. Tadqiqot, shuningdek, homiylik shartnomalarining uzaytirilishini jamoa natijalari bilan, hamkorlar roʻyxatining kattaligini esa ayrim brendlarning ketish ehtimoli yuqoriligi bilan bogʻlaydi.