Fintime Iqtisodiyotga kengroq nazar
Boʻlimlar
Tahlil

Trampning Gʻazo boʻyicha Tinchlik kengashiga vaʼda qilingan $18 mlrd nima boʻldi?

Donorlar Trampning Tinchlik kengashi orqali Gʻazoni tiklash uchun qariyb $18 mlrd vaʼda qilgan, biroq oʻt ochish toʻxtatilganidan bir yildan koʻproq vaqt oʻtganiga qaramay, ishlar boshlanmagan. $280 mlnning katta qismi oʻzlashtirilmagan.

19-noyabr, 12:00По-русски

Read in English

thenationalnews.com

Tinchlik kengashi donorlarning dastlabki moliyaviy majburiyatlari qariyb 18 mlrd dollarga yetganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, qurilishning dastlabki bosqichi uchun kengash $280 mln soʻragan va kengashning sentyabrdagi bayonotiga koʻra, bu mablagʻning katta qismi oʻzlashtirilmay qolgan.

Isroil xalqaro kuchlar yoki tayyorgarlikdan oʻtgan Falastin politsiyasi Gʻazoga kirib, Hamasni qurolsizlantirishni boshlashiga ruxsat bermaguncha, loyihalarni boshlash imkonsiz. Isroil oziq-ovqat va tibbiy yordam yetkazib berilishini ham cheklamoqda, vaʼda qilingan koʻchma uylarni oʻtkazmayapti hamda Gʻazoni boshqarish boʻyicha Falastin qoʻmitasining sektorga kirishiga yoʻl qoʻymayapti. Qoʻmita Qohirada faoliyat yuritmoqda.

Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, sulh kuchga kirganidan beri Isroil kamida 1 658 nafar falastinlikni oʻldirgan, 6 000 kishini yaralagan. Qariyb 1,4 mln falastinlik hamon vaqtinchalik boshpanalarda yashamoqda.

Kengashni Donald Tramp Gʻazo boʻyicha reja doirasida taklif qilgan va unga tiklanishni muvofiqlashtirish vakolati berilgan. Uning tarkibiga moliyaviy majburiyat olganini ham maʼlum qilgan Oʻzbekiston ham kiradi, biroq majburiyat miqdori oshkor qilinmagan.