Nvidia dekabrda maoshlarni oshirib, xodimlarga aksiyalar berishni vaʼda qildi
Nvidianing vaqtincha bosh direktori Kolet Kress xodimlar dekabrda — odatdagi muddatdan oldin — maoshi oshirilishi va qoʻshimcha aksiyalar olishini aytdi.

Bu vaʼda Jensen Huang CEO lavozimini tark etganidan keyingi Nvidiaʼning ilk umumiy yigʻilishida yangradi. Uchrashuv oldidan xodimlar yuborgan 700 savol ichida eng koʻp kompensatsiya haqida soʻralgan; keyingi oʻrinda direktorlar kengashidan koʻproq shaffoflik talabi boʻlgan.
Kress oʻtish davrida xodimlar tarkibini barqarorlashtirishni rahbariyatning asosiy vazifalaridan biri deb atadi. Rahbariyat almashgani fonida Nvidia asosiy mutaxassislarini yoʻqotishdan xavotirda: koʻplab xodimlar kompaniyadagi ishini Huangning qarashlari bilan bogʻlagan. Kompaniyada qariyb 49 000 kishi ishlaydi.
Direktorlar kengashi raisi Harvi Jons Huangning isteʼfosi uning shaxsiy xatti-harakati va «ochiqlik yetishmagani» sabab qabul qilinganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, kengash sobiq CEOning aynan nusxasini izlamaydi, ichki va tashqi nomzodlarni, shuningdek xodimlar takliflarini koʻrib chiqadi.
Nvidia hammuassisi Kris Malaxovski yigʻilishda korporativ madaniyatni saqlash haqida gapirdi. Uning fikricha, bu madaniyat qadriyatlar yozilgan plakatlar bilan emas, kundalik xulq-atvor va hamkorlikdagi ish bilan mustahkamlanadi. Yigʻilish qariyb 50 daqiqa davom etdi.
