Radical AI asoschisi: “oʻn yillik soliq” AI bumini sekinlashtirmoqda
Yangi material yaratish 10 yil davom etib, 100 mln dollargacha turishi mumkin. Radical AI muallifi bu muddat AI bumining jismoniy mahsulotlarga tezroq oʻtishiga xalaqit berishini aytadi.

IBM maʼlumotlariga koʻra, material gʻoyasidan uni sanoat miqyosida ishlab chiqarishgacha boʻlgan yoʻl oʻn yil davom etishi mumkin, ishlanmalarning aksariyati esa ishlab chiqarishgacha yetib bormaydi. Bunga ketma-ket sinov va xato sikllari, tarqoq ilmiy adabiyotlar hamda avtomatlashtirishga moslashtirilmagan uskunalar sabab boʻladi.
Bu chiplar, energetika va mudofaa tizimlarining rivojlanishini cheklaydi: ularga yuqori harorat va yuklamalarga bardosh beradigan materiallar kerak. Shu bilan birga, Morgan Stanley 2027-yilda giperskeylerlar va AI bulut provayderlari qariyb 1,6 trln dollar sarflashini kutmoqda. Accenture esa biznesini haqiqatan ham AI atrofida qayta qurgan yirik kompaniyalar sonini “amalda nolga yaqin” deb baholaydi.
Radical AI material tarkibini oʻzlari taklif qiladigan, namunalar tayyorlaydigan, ularni sinovdan oʻtkazadigan va keyingi tajribani tanlaydigan laboratoriyalar yaratmoqda. Muallifning taʼkidlashicha, gipertovushli qoʻllanmalar uchun oʻtkazilgan sinovlar turkumida bunday tizim sanoatdagi eng yaxshi analogdan ustun kelgan materialni aniqlagan.


