Fintime Iqtisodiyotga kengroq nazar
Boʻlimlar
Iqtisodiyot

Endi qarz shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish mumkin

Soliq qoʻmitasi my.soliq.uz saytida qarz va omborda saqlash shartnomalarini elektron roʻyxatdan oʻtkazish boshlanganini maʼlum qildi. Xizmat orqali jismoniy shaxslarga qarz rasmiylashtirish mumkin.

19-noyabr, 15:48По-русски

my.soliq.uz saytida qarz va omborda saqlash shartnomalarini soliq hisobiga qoʻyish uchun alohida xizmat ishga tushirildi. U Prezidentning 2026-yil 19-maydagi PF-95-son farmoni asosida yoʻlga qoʻyilgan.

Xizmatdan foydalanish uchun shaxsiy kabinetdagi «Barcha xizmatlar» → «Yuridik shaxslar» → «Soliq hisobi» → «Shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish» boʻlimlariga kirish kerak. Shundan soʻng shartnoma turi tanlanib, majburiy maydonlar toʻldiriladi.

Qarz shartnomasida uning foizli yoki foizsiz ekani, foiz stavkasi va pulni qaytarish muddati koʻrsatiladi. Tizim jismoniy shaxslarga beriladigan qarz shartnomalarini ham roʻyxatdan oʻtkazish imkonini beradi. Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun ham yetkazib beruvchi, ham xaridor yuborishi mumkin.

Har bir hujjatga yagona identifikatsiya raqami beriladi. Shaxsiy kabinetda shartnoma summasi, sanasi va raqami, xaridor haqidagi maʼlumotlarni koʻrish, shuningdek yuborilgan hujjatlarni koʻrib chiqish, tahrirlash va oʻchirish mumkin. Alohida boʻlimda kontragentlar tomonidan qabul qilingan shartnomalar koʻrsatiladi.